Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolari o‘rtasida “Namunali oila” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi.
Oila muqaddas dargoh. Turmushning baland- pastini sabr va sabot bilan yengib o‘tib, ko‘pchilikka namuna bo‘lib kelayotgan oilalar albatta alohida eʼtirofga munosib. Diyorimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlashdek sharafli va masʼuliyatli vazifani zimmasiga olgan ichki ishlar xodimlari orasida ham mana shunday shunday ibratli oilalar talaygina. Shuningdek, Sirdaryo viloyati Musiqali drama teatrida Maʼnaviyat oyligi doirasida viloyat Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida "Namunali oila" ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Ko‘rik tanlovning bosh maqsadi “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etish, va namunali oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirishdan iborat bo‘ldi.
Ko‘rik-tanlov shartlari 3 bosqichda yaʼni tanishtiruv, bu mening oilam mavzusida videoroliklar tanlovi va kitobxonlik yo‘nalishi bo‘yicha savol-javob shartlari bo‘lib unda ishtirokchilar o‘z isteʼdod va qobiliyatlarni namoyon etdilar.
Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tgan bellashuvda 1-o‘rinni Guliston shahar Ichki ichki ishlar boshqarmasi xodimi va uning oilasi, 2-o‘rinni Sirdaryo tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimi va uning oilasi, 3-o‘rinni esa Sardoba tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimi va oilasi qo‘lga kiritdi. Ko‘rik tanlov yakunida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan xodimlar va ularning oila aʼzolari viloyat Ichki ishlar boshqarmasining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Xulosa o‘rnida aytganda, mazkur tanlov xodimlar va ularning oila aʼzolarining isteʼdodlarini yuzaga chiqarishda, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va shu bilan birga viloyat Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar va ularning oilalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.