29 Avgust 2022 yil 302

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda ona – Vataniga va xalqiga sodiq, kasbiga fidoyi, mustaqil fikrlaydigan, izlanuvchan, intiluvchan, ziyrak, hushyor hamda istiqlol g‘oyalariga sadoqatli bo‘lgan maʼnaviyatli va maʼrifatli avlodni tarbiyalashga qaratilgan qator tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, “Maʼnaviyat va maʼrifat darslari” ana shu o‘qitish va tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biridir.

Ushbu darslarda yurtimizda amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy islohotlar, jamiyatni demokratlashtirish, yangilash va modernizatsiya qilishga qaratilgan har bir normativ-huquqiy hujjatning mazmun-mohiyati chuqur o‘rgatilib borilishini taʼminlash, ular talablari asosida yuklatilgan vazifalar ongli ravishda ijro etilishiga erishish ushbu darslarning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Joriy yilning 29 avgust kuni Sirdaryo viloyati IIBda Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimi ishtirokida “Mustaqillik eng oliy va eng aziz neʼmatdir” mavzusida “Maʼnaviyat va maʼrifat darsi” o‘tkazildi. Shundan so‘ng xodimlarga o‘tgan hafta davomida mamlakatimiz maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan bog‘liq yangiliklar bo‘yicha tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

Shuningdek, dars mobaynida Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimi tomonidan Shanxay hamkorlik tashkiloti, unga aʼzo davlatlar, tashkilotning maqsadi hamda ushbu tashkilot tomonidan joriy yil 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan navbatdagi sammiti to‘g‘risida maʼlumotlar yetkazildi.

“Maʼnaviyat va maʼrifat darsi”dan so‘ng Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimining “Korrupsiyaga qarshi kurashi bo‘yicha viloyat Ichki ishlar boshqarmasi komissiyasi” tarkibi bilan yig‘ilishi o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech