Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida 2021 yilning 06 oyi yakuni yuzasidan tezkor yig‘ilish bo’lib o’tdi
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari tomonidan 2021 yil 06 oyi davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni belgilash to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish borasida viloyatning 3-sektorlarida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasi, Sektorlar yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar muhokamasi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarning ahvoli yuzasidan tezkor yig‘ilish bo’lib o’tdi.
Tezkor yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik S.A.Nishanbayev ishtirok etdi. Tezkor yig‘ilishda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, mustaqil boshqarma, bo‘lim, bo‘linmalar boshliqlari, shahar-tuman IIB (IIO FMB) boshliqlari qatnashdilar.
Tezkor yig‘ilishni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sh.H.Bo‘ronov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibida ko‘riladigan masalalar yuzasidan yig‘ilish qatnashchilarini tanishtirib, 2021 yilning o‘tgan 06 oyi mobaynida viloyat Ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish va jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan tezkor-qidiruv va profilaktik-ogohlantiruv chora-tadbirlar natijasida ma’lum yutuqlar qo‘lga kiritilganligini, ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramasdan viloyat Ichki ishlar boshqarmasining ayrim mutasaddi rahbarlari, shahar-tuman Ichki ishlar organlari boshliqlari o‘zlariga yuklatilgan vazifaga to‘liq mas’uliyat bilan yondoshmaganliklari natijasida qator kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilganligini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so’ng boshqarma boshlig‘i ma’ruza uchun so‘zni boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik F.K.Giyasovga berdi.
Ma’ruzachi o‘z ma’ruzasida, 2021 yilning o‘tgan 06 oyi davomida viloyat Ichki ishlar organlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashishda bir qator ijobiy natijalarga erishilgan bo‘lsada, tezkor-xizmat faoliyatini tashkil etishga yetarli darajada e’tibor qaratilmaganligi, jinoyatchilikning oldini olishda tezkor-qidiruv va profilaktik ishlarning samarasini oshirish yuzasidan tegishli tezkor chora-tadbirlar o‘tkazilmaganligi, shuningdek, idoraviy nazorat talab darajasida yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida, ayrim shahar-tuman IIOlari tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlarida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik S.A.Nishanbayev ma’ruza yuzasidan jinoyat turlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan hudud rahbarlari va mazkur hududlarga viloyat IIBdan mas’ul etib biriktirilgan rahbarlarning hisobotlarini eshitib, ularga o‘zining e’tirozlarini bildirib, jinoyatchilikni oldini olish borasida o‘zining ko‘rsatmalarini berib, shaxsiy tarkib bilan ishlash borasida o‘z fikr mulohazalarini bildirar ekan, joylarda har bir rahbar avvalo doimiy ravishda qo‘l ostidagi xodimlarni tinglay bilishi, ularning shaxsiy hayot va ishdagi muammolarini hal etishga ko‘maklashib borishi lozimligini, xizmatni profilaktika inspektorlari va jinoyat qidiruv bo‘linmalari xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etib, birgalikda jinoyat sodir etilishini oldini olish maqsadida profilaktik hisobda turuvchi barcha toifadagi shaxslar ya’ni, muqaddam sudlanganlar, oilaviy janjalkashlar, ruhiy kasallar va jinoyat sodir etishga moyil shaxslarni uyma-uy yurish orqali ularni jinoyatga undaydigan sabab va sharoitlarni aniqlash va ushbu omillarni bartaraf etishga qaratilgan amaliy ishlarni tashkillashtirib borishi lozimligini, joylarda maxsus profilaktik tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan jinoyatlar sodir etilishini oldini olish choralarini ko‘rish lozimligini, jinoyatchilikni oldini olishda barcha ichki ishlar organlari xodimlari birday harakat qilishi lozimligini, hozirgi kunda jinoyat sodir etayotgan shaxslarning qariyb 30-35 foizini muqaddam sudlanganlar tashkil etishini, shu sababdan probatsiya hisobida turgan shaxslarni doimiy nazorat qilib, ularning chetga chiqib ketishi, ular tomonidan jinoyat sodir etilishini oldini olish maqsadida aniq chora-tadbirlar belgilanib, sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikda ishlarni to‘g‘ri tashkil etish lozimligini, tergov xizmati xodimlari ichki ishlar organlari ish yurituvidagi barcha surishtiruv bilan bog‘liq hujjatlarni doimiy ravishda o‘rganib, surishtiruvni amalga oshirayotgan xodimlarga huquqiy jihatdan ko‘mak berib borishi lozimligini, terrorizmga qarshi kurash yo‘nalishida “uyqudagi yacheyka”larni aniqlash, ularni biror noo‘rin holatlar sodir etishidan oldin aniqlash lozimligini, joylarda jinoyatchilikning oldini olishning samarali yo‘li aholini ish bilan ta’minlash ekanligini, shu sababdan joylarda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi ishlarni jadallashtirish lozimligini, xalq bilan ichki ishlar organlari o‘rtasida ishonchli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda Vazirimiz P.R.Bobojonov tashabbuslari bilan yo‘lga qo‘yilayotgan 102 xizmatlarining o‘rni beqiyos ekanligini, agarda har bir ichki ishlar organlari xodimlari aholi orasida biror bir ko‘ngilsiz holatga duch kelganda 102 xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishlarini targ‘ibot qilinsa va 102 xizmatiga kelib tushgan har bir habarga o‘z vaqtida voqea joylariga borilsa og‘ir oqibatli jinoyatlarning oldi olinishini aytib, Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar va shahar-tuman IIB (IIO FMB) rahbarlariga tegishli topshiriqlarni berdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik borasida viloyat IIB boshlig‘i hamda shahar-tuman 3-sektor rahbarlariga o‘zining topshiriq va ko‘rsatmalarini berib o’tdi.
Tezkor yig‘ilishga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik S.A.Nishanbayev yakun yasab, bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda, ichki ishlar organlari xodimlari orasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, qiynalgan, kam ta’minlangan, ko‘p farzandli va xonadonida bir nechta oila a’zolari bilan birga yashovchi xodimlarni qo‘llab quvvatlash, ularning yaqin qarindoshlari orasida ishsizlarini ishga joylashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashda yuqori ko‘rsatkichlarga erishib kelayotgan tezkor xodimlar va profilaktika inspektorlarini moddiy jihatdan rag’batlantirib borish lozimligini, jinoyatlarni tahlili asosida joylarda ishlarni tashkillashtirish kerakligini aytib, Boshqarma boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, mustaqil boshqarma, bo‘lim, bo‘linma va shahar-tuman ichki ishlar organlari rahbarlariga tegishli topshiriq hamda ko‘rsatmalarini berib o’tdi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati