9 Avgust 2022 yil 272

Sirdaryo viloyat IIB JXX JTSB xodimlari bilan saf tayyorgarligi hamda shaxmat boʻyicha musobaqa oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi IIVning Farmoyishi hamda Sirdaryo viloyat IIBning 2022 yil 1 avgust kunidagi tegishli Farmoyishiga asosan, Ichki ishlar organlari tizimida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida joriy yilning 1 avgust kunidan 1 sentabr kuniga qadar oʻtkaziladigan “Vatanparvarlik oyligi”ning dasturiga muvofiq, Sirdaryo viloyat IIB JXX JTSB tomonidan qoʻyidagi ishlar amalga oshirildi.

Dasturning 12-bandiga asosan, 2022 yil 9 avgust kuni sportning “Shaxmat” turi boʻyicha Sirdaryo viloyat IIB JXX JTSB xodimlari oʻrtasida musobaqa tashkillashtirildi. Musobaqa natijalariga koʻra 1-oʻrinni Sirdaryo viloyat IIB JXX JTSB Maxsus nazorat faoliyatini tashkil etish boʻlinmasi MTB inspektori mayor Karimov Shokir, 2-oʻrinni viloyat IIB JXX JTSB PPXB 1-otryad safdor xodimi safdor Ayupov Mirzohid hamda 3-oʻrinni viloyat IIB JXX JTSB Maxsus qabulxona tibbiy punkt safdor xodimi safdor Usmonov Shahboz egalladi.

Shuningdek, Dasturning 15-bandiga asosan, 2022 yil 9 avgust kuni Sirdaryo viloyat IIB JXX JTSB shaxsiy tarkibi bilan saf koʻrigi hamda saf tayyorgarlik mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Sirdaryo viloyat IIB JXX JTSB

Text to speech