2 Iyul 2024 yil 1069

Sirdaryo tumanida viloyat 3-sektor rahbari polkovnik Sanjar Djabarov rahbarligida yoshlar bandligini taʼminlash borasida «Uychi tumani tajribasi» asosida ishlarni tashkil etish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar davomida «Uychi tumani tajribasi» ga asosan tumandagi 38 ta mahallalardagi yoshlar mahalla yettiligi aʼzolari tomonidan to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, aniqlangan ishsiz va norasmiy band bo‘lgan yoshlar tumandagi tashkilotlarning masʼul rahbarlariga nomma-nom biriktiriladigan bo‘ldi.Shuningdek ular bilan individual ishlar tashkil qilinib, yoshlarning qiziqishlari va kasbiy ko‘nikmalaridan kelib chiqqan holda, yoshlarning bandligini taʼminlashga ko‘maklashiladi. Migratsiyadagi yoshlar bilan onlayn muloqotlar o‘tkazilib, qaytish istagida bo‘lganlarini qaytishiga ko‘maklashish hamda ularni munosib ish o‘rni bilan taʼminlash choralari ko‘rib boriladi. Joylarda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ulardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga, shuningdek, tadbirkorlarning muammolarini hal qilish orqali ular tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ko‘maklashiladi hamda ushbu ish o‘rinlariga yoshlarni joylashtirish choralari ko‘riladi. Mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda, norasmiy faoliyat yuritib kelayotgan yosh tadbirkorlarga amaliy va uslubiy ko‘mak ko‘rsatilib, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga amaliy yordam ko‘rsatiladi. Mehnat bozoriga kirishi kutilayotgan yoshlarning bandligini taʼminlash uchun masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar izchil ravishda davom ettiriladi. O‘quv seminari yakunida viloyat 3-sektori rahbari yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish lozimligini alohida taʼkidlab o‘tdi. Bunda hech bir yosh eʼtibordan chetda qolmasligi kerakligi yana bir bor eslatib o‘tildi.

Text to speech