28 Fevral 2024 yil 5289

Sirdaryo tumani Navro‘z mahallasidagi “Og‘ir” toifaga kiritilgan yoshlarning muammolari o‘rganildi va bir nechta yoshlar ish bilan taʼminlandi.

Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi kadrlar guruhi katta inspektori mayor A.A.Bekmurodov, 2024 yil 27 fevral kuni Sirdaryo tumani Navro‘z mahallasidagi “Og‘ir” toifaga kiritilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolari o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlar o‘rtasida Probatsiya nazoratidagilar, profilaktik hisobda turganlar, yod g‘oyalar taʼsiriga tushib qolganlar, muntazam dars qoldiruvchilar, giyohvand va psixotrop moddalarini isteʼmol qiluvchilar, surunkali spirtli ichimlik isteʼmol qiluvchilar, qimor va tavakkalchilikka asoslangan, ijtimoiy tarmoq bilan bog‘liq turli xildagi o‘yinlarga ruju qo‘yganlar, bezorilik qilishga moyil, agressiv xulq-atvorlilar, xorijiy migratsiyadan qaytib kelganlar, notinch oila farzandlari va oilaviy ajrim yoqasidagi yosh oilalar mavjudligi aniqlanib, ularning yashash xonadonlariga borilib ularning yaqin qarindoshlari bilan uchrashildi hamda ochiq muloqot tarzidagi yig‘ilishlar o‘tkazilib, aniqlangan muammolar bo‘yicha yoshlar muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yo‘l xarita” ishlab chiqildi.

Bundan tashqari o‘n bir nafar og‘ir toifaga kiritilgan fuqarolar bilan individual suhbat tashkil etilib, bir nafar ishsiz yurgan fuqaro ish bilan taʼminlandi. Ushbu fuqaro qurilish sohasi bo‘yicha tajribaga ega ekanligi, biroq ish topa olmasdan yurganligi maʼlum bo‘lganidan so‘ng masʼullar bilan birga Navro‘z mahallasida qurilish ishlariga jalb etildi.  

Text to speech