26 Fevral 2024 yil 4372

Sirdaryo tumani “Navoiy” mahallasida 30 ta yangi uylar quriladi

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi Sanjar Djabarov boshchiligida sektor rahbarlari Navoiy mahallasida boʻlib, “Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” mezonlari asosida amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini koʻzdan kechirdi.

Ayni paytda mahallaning asosiy maktabga olib boruvchi “Mustaqillik” koʻchasida piyodalar yoʻlagi qurilmoqda.

Shu bilan birga mahalla hududidagi boʻsh yer maydonlarida 30 ta yangi uy, amfiteatr hamda sport kompleksi qurilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar koʻzdan kechirildi.

Ishlarni jadallashtirish, koʻchalarni taʼmirlash hamda obodonlashtirish ishlari boʻyicha masʼullarga koʻrsatmalar berildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech