17 Fevral 2022 yil 331

⚡️Sirdaryo tumani IIB boshlig‘i Oybek Abdullayev Avtomaktablar faoliyatini ko‘zdan kechirdi

Joriy yilning 11 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yo‘llarda inson xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda, Mamlakatimizda 2021 yilda 10 mingdan ziyod yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 9 mingdan ortiq inson jarohatlangan. Eng achinarlisi, 2 ming 500 ga yaqin odam halok bo‘lgani qayd etildi.

Yig‘ilishda haydovchilarni tayyorlash va imtihon qilish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Avtomaktablarda taʼlim sifatini nazorat qilish vazifasi Ichki ishlar vazirligiga yuklatildi.

Shu bois, Sirdaryo tumani IIB boshlig‘i Oybek Abdullayev tumandagi Avtomaktablar faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Taxsil olayotgan o‘quvchilarga o‘rgatilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar haqida ko‘rsatma va takliflar berildi.

Text to speech