18 Iyun 2022 yil 261

Sirdaryo, Boyovut tumani,Yangiyer hamda Shirin shahar IIBlarida “Intizom oyligi” davomida xodimlar bilan psixologik seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 07 iyun kunidagi “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash hamda “Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida“Intizom oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 135-sonli Farmoyishiga asosan Sirdaryo, Boyovut tumani IIBlari, Yangiyer hamda Shirin shahar IIBda xodimlar bilan psixologik tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ichki ishlar organlarida 2022 yil 10 iyun kunidan 10 iyul kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Intizom oyligi” davomida shaxsiy tarkibning ruhiy salomatligi va maʼnaviy-ruhiy muhitning barqarorligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Psixolog-mutaxassislari bilan hamkorlikda hududiy ichki ishlar organlarida psixologik-trening mashg‘ulotlari va psixologik suhbatlar olib borilmoqda.

Sirdaryo, Boyovut tumani IIBlari, Yangiyer hamda Shirin shahar IIBda xodimlar uchun tashkil etilgan psixologik trening mashg‘ulotlariga viloyat ichki ishlar organlari psixolog-mutaxassislari bilan birgalikda oliy taʼlim muassasalari hamda jamoat tashkilotida faoliyati yuritayotgan psixolog mutaxassislar ham jalb etildi.

“Rahbar maʼnaviyati”, “Rahbarning boshqaruv madaniyati”, “Ichki ishlar organlari xodimlarining psixologik xususiyatlarini rivojlantirish”, “Jinoyatchi va huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning psixologik qiyofasini o‘rganish”mavzularida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar xodimlarning xizmat faoliyatida duch kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni yengishiga xizmat qilishi aytildi.

Xodimlarning xizmat faoliyatini samarali tashkil etilishiga o‘zining hissasini qo‘shayotgan va “Intizom oyligi” davomida psixologik tadbirlarni o‘tkazishda shaxsiy namuna bo‘lib, doimo hamkorlik kilayotgan Sirdaryo tumani IIB boshlig‘ining MMIB o‘rinbosari kapitan R.Raimov, Boyovut tumani IIB boshlig‘ining MMIB o‘rinbosari podpolkovnik A.Sayitov, Yangiyer shahar IIB boshlig‘ining MMIB o‘rinbosari kapitan I.Amanbayev va Shirin shahar IIB boshlig‘ining MMIB o‘rinbosari mayor J.Igamberdiyevlarga minnatdorchilik bildirildi.

Tashkil etilgan bu kabi psixologik-tadbirlar kelgusida xodimlarni yana-da insonparvarlik, vatanga muhabbat va sadoqat ruhida xizmat olib borishi taʼminlaydi.

 

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech