Shirin shahrida tayinlangan jazodan bo‘yin tovlagan shaxs ozodlikdan mahrum etildi.
Shirin shahar IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan 1986 yilda tug‘ilgan Shirin shahrida yashovchi, O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “G” bandi bilan sudlanib, JIB Shirin shahar sudi tomonidan 2 yil muddatga Ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan nazorat ostidagi shaxs M.N olib borilgan tezkor tadbirlar davomida o‘ziga tayinlangan jazodan bo‘yin tovlab, sud tomonidan qo‘yilgan taqiq va cheklovlarni buzib, 2022 yil 26 mart kuni hamda 2022 yil 04 may kunlari spirtli ichimlik isteʼmol qilganligi aniqlanib, unga nisbatan Shirin shahar IIB JXX Probatsiya guruhi tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, 2022 yil 08 iyun kuni JIB Shirin shahar sudiga taqdimnoma kiritildi va sud tomonidan taqdimnoma qanoatlantirilib, nazoratdagi shaxs M.N 1 yil 6 oy 2 kunga ozodlikdan mahrum etilib, jazoni ijro etish muassasasiga qaytarildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati