26 Aprel 2022 yil 279

Shirin shahrida sodir etilgan firibgarlik jinoyati aholi orasida muhokama etildi.

Joriy yilning fevral oyida, Yangiyer shahri, Navro‘zobod mahallasida yashovchi, “M” tomonidan, Shirin shahriga borib, yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan, fuqaro “Nning ishonchiga kirib, go‘yoki uning tikilgan liboslarini shartnoma asosida Sirdaryo viloyat Madaniyat boshqarmasiga topshirishlikka kelishib, fuqaro “Nga ajratilgan 155 million so‘m mablag‘larni qo‘lga kiritib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi holati yuzasidan, sodir etilgan firibgarlik jinoyati, Shirin shahrining A.Temur mahallasi aholi orasida keng muhokama etildi.

Muhokamada viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Bo‘ronov Shuhrat Husanovich ishtirok etib, fuqarolarga jinoyat qurboni bo‘lib qolishlarini oldini olish borasida tushuntirishlar berib o‘tdi.

Text to speech