28 Aprel 2022 yil 281

Shirin shahrida nazorat ostidagi shaxslar jazodan muddatidan ilgari shartli ozod etildi......

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudining ochiq sud majlisida, Axloq tuzatish ishlari jazosi o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslar M.Sh, A.S hamda Ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan K.U Shirin shahar IIB boshlig‘I podpolkovnik A.N.Xolmatovning taqdimnomasiga asosan JIB Shirin shahar sudining 2022 yil 27 aprel kunidagi ajrimi bilan O‘zbekiston Respublikasi  JKning 73-moddasiga asosan o‘talmay qolgan  jazodan 3 nafar shaxslar muddatidan ilgari shartli  ozod etildi.

Biroq JIB Pop tumani sudining 2022 yil 11yanvar kunidagi ajrimiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JKning 74-moddasiga asosan o‘talmay qolgan 1 yil 11 oy 20 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi, shu muddatga har oylik ish haqqining 15%ni davlat daromadi hisobiga o‘tkazib berish sharti bilan axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan, nazorat ostidagi shaxs O.I jazo o‘tashdan bo‘yin tovlab yurganligi uchun JIB Shirin shahar sudining 2022 yil 27 aprel kunidagi ajrimi asosan o‘talmagan  jazo muddati shu muddatga boshqa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan og‘irroq jazoga almashtirildi.

 Shirin shahar IIB Probatsiya guruhi

Text to speech