26 Iyul 2022 yil 628

Shirin shahrida Maʼmuriy nazorat qoidasini buzish bilan bog‘liq holat aniqlandi.  

Shirin shahar IIB JXX HPB xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida 1961 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.E unga nisbatan, jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudining 2022 yil 22 noyabr kungi qaroriga asosan 6 (olti) oy muddatga maʼmuriy nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, unga “Yashash uyidan tungi soat 22:00 dan ertalab soat 06:00 ga qadar chiqmaslik”, “Alkogolli ichimliklar isteʼmol qilmaslik”, “Shirin shahar IIBning ruxsatisiz Sirdaryo viloyati hududidan tashqariga chiqib ketmaslik”, “Har oyning 15 sanasida Shirin shahar IIBdan ro‘yxatdan o‘tish uchun kelib uchrashish” kabi cheklovlar o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramasdan 2022 yil 25 fevral kuni Shirin shahar JIB sudi tomonidan MJtKning 206-moddasi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan bo‘lishiga qaramasdan, 2022 yil 05 fevral kuni Shirin shahar JIB sudi tomonidan MJtKning 206-moddasi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, shunga qaramasdan fuqaro Sh.E tuzalish yo‘liga kirish o‘rniga 2022 yil 13 may kuni soat taxminan 19:00larda Shirin shahar Do‘stlik mahallasi hududida joylashgan avtoshohbekatida spirtli ichimlik isteʼmol qilgan.

Shundan so‘ng fuqaro Sh.E ustidan maʼmuriy nazorat o‘rnatilgan bo‘la turib, maʼmuriy nazorat qoidalarini qasddan buzishdan iborat jinoiy xatti-harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 226-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni qasddan sodir etganligi aniqlandi.   

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati   

Text to speech