27 Iyun 2022 yil 290

Shirin shahar IIBda“Intizom oyligi”davomida “Xodimbay” ishlash tizimi asosida samarali ishlar tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 07 iyun kunidagi “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash hamda “Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida “Intizom oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 135-sonli hamda IIVning 2021 yil 01 oktyabr kunidagi 209-sonli farmoyishlariga  asosan Shirin shahar IIBda ham “Intizom oyligi” davomida “Xodimbay” ishlash tizimi asosida samarali ishlar olib borilmoqda.

Bugungi ichki ishlar organlarida “Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Intizom oyligi” davomida xodimlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda hamda ularni tizimda professional kadr bo‘lib yetishi uchun maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy, tarbiyaviy tadbirlar jadallik bilan o‘tkazilmoqda.

Mazkur jarayonlarda faol qatnashib kelayotgan o‘z kasbining fidoyisi bo‘lgan Shirin shahar IIB boshlig‘ining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari mayor Jamshid Igamberdiyev tomonidan “Intizom oyligi” doirasida “Xodimbay” ishlash tizimiga asosan qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibning yashash xonadonlari, xizmat faoliyati, jismoniy-jangovar holatini o‘rganib,ular bilan muntazam ravishda individual tarbiyaviy suhbatlar o‘tkazmoqda, xodimlar tomonidan xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarini boshqarish qoidalariga rioya qilishlarini nazorat tartibida tekshirib, xizmat va qonun buzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy hamda tarbiyaviy yo‘nalishlarda o‘tkazilayotgan tadbirlarda shaxsiy namuna ko‘rsatib kelmoqda.

Jumladan, “Intizom oyligi”daXodimbay ishlash” tizimiga asoslanib, 40 nafardan ziyod xodimning oilasini, xizmat faoliyatini o‘rganib, ularda yuzaga kelgan muammolarni o‘z joyida bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatgani, o‘zining bilim va tajribasi asosida ularga yo‘l yo‘riq ko‘rsatib kelayotgani barcha xodimlarda iliq taassurot uyg‘otmoqda.

“Intizom oyligi” davomida Shirin shahrida xodimlar uchun sport mashg‘ulotlari, musobaqalar tashkil etilishi bilan birgalikda ularni bilim saviyasini oshirishga qaratilgan intellektual o‘yinlar, ochiq davra suhbatlari va bahs-munozaralar ham o‘tkazilmoqda.

Tashkil etilayotgan bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ichki ishlar organlari xodimlarini o‘z sohasining har tomonlama yetuk mutaxassisi bo‘lishiga xizmat qiladi.

Text to speech