19 Oktyabr 2022 yil 316

Sayxunobod tumanida “xavfsiz tun” tadbiri

Sayxunobod tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanib axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan 28 nafarni, muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan 13 nafarni, Ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotganlar 54 nafarni, sinov muddati jazosini 2 nafarni va muddatidan ilgari shartli ozod etilganlar 68 nafarini jami 165 nafarni tashkil etadi.

Hozirgi kunda Sayxunobod tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida jazo o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslar tomonidan qayta jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishlarini oldini olish maqsadida Sayxunobod tuman IIB boshlig‘ining ko‘rsatmasi bilan kunlik “Xavfsiz tun” tadbiriga jalb etilgan sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikda 28 nafar Axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan, muayyan huquqdan13 nafar mahrum qilish jazosini o‘tayotgan,54 nafar Ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslarni sudlar tomonidan yuklatilgan taqiq va cheklovlarga amal qilib jazoni o‘tayotganligini tekshirib muntazam nazorat qilib borilmoqda. Tekshiruv davomida ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan 5 nafar nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan sud tomonidan yuklatilgan taqiq(cheklov) va majburiyatlarini buzganlik holatlari aniqlanib Sayxunobod tuman IIB boshlig‘i tomonidan intizomiy ogohlantirish chorasi qo‘llanildi.

Sayxunobod tumani IIB JXX Probatsiya guruhi

Text to speech