16 Dekabr 2021 yil 347

Sayxunobod tumanida "Sog'lom va barkamol oila" shoiri ostida tadbir o'tkazildi

2021 yil 14 dekabr kuni Sayxunobod tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida "Sog'lom va barkamol oila" shiori ostida 3-sektor hududida yashovchi 9 ta oilalar ishtirokida kitobxonlik hamda sport yo'nalishlari bo'yicha Ichki ishlar vaziri kubogining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

Tadbirni tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig'i, 3-sektor rahbari Jasur Saibov kirish so'zi bilan ochib berdi. Tadbir ikki bosqichda tashkil etilib, kitobxonlik yo'nalishida 5ta oila, sport yo'nalishida 4 ta oila o'zaro kuch sinashishdi.

Dastlab oilalar kitobxonlik bo'yicha bilimlarini sinovdan o'tkazishdi. Qiziqarli savol-javob yo'nalishida G‘iyosovlar oilasi bilimdon oila ekanligini ko'rsatishdi. Tadbirning ikkinchi qismi sport o'yinlari bilan davom etdi. Unda xam G‘iyosovlar oilasi jismonan kuchli ekanligi sezilib turdi hamda 1-o'rinni egallab viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi

Text to speech