Sayxunobod tumanida giyohvand oʻsimliklarini yetishtirish holati aniqlandi.
Olingan maʼlumotga koʻra, viloyat IIB va Sayxunobod tumani IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida, 1982-yilda tugʻilgan, Sayxunobod tumanida yashovchi Sh.Shning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, omborxonasida jami ogʻirligi 3 kg 262 gramm quritilgan holatdagi “koʻknori poyasi, koʻknori boshogʻi” va “marixuana” giyohvandlik vositalari, 4 tup nam holatdagi nasha giyohvandlik oʻsimliklari noqonuniy saqlab kelayotganligi hamda tomorqasida 1 tup “nasha” va 117 tup “Koʻknori” giyohvandlik oʻsimliklarini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Holat yuzasidan Oʻz.Res JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi va 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.