Sayxunobod tumani ichki ishlar organlari xodimlari bilan “Sogʻlom avlod uchun” shiori ostida “3000 metr masofaga” yugurish boʻyicha marafon musobaqasi oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi IIVning va Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi”ni oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida hamda ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ichki ishlar organlarida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, shuningdek jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil etish maqsadida Sayxunobod tumani IIB xodimlari oʻrtasida “Sogʻlom avlod uchun” shiori ostida “3000 metr masofaga” yugurish boʻyicha marafon musobaqasi oʻtkazildi.
Tashkil etilgan bu kabi sport musobaqalari xodimlarni jismoniy tayyorgarligini yanada oshirib, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” ekanligini his qilgan holda halol xizmat olib borishini taʼminlaydi.
Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.