Sardobada sayyor sud o’tkazildi
Sardoba tumani Fayzliobod mahallasi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Sardoba tuman sudining raisi Z.Rasulov raisligida tuman IIO Probatsiya guruhi hisobida turgan jami 2 nafar nazorat ostidagi shaxslar 1963 yilda tug‘ilgan Jinoyat ishlar bo‘yicha Oqoltin tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 2-qismi "g" bandi hamda JKning 45-moddasi bilan jazo tayinlanib Sardoba tumani IIO Probatsiya guruhida axloq tuzatish ishlari jasoni o‘tayotgan Q.O‘ va 1975 yilda tug‘ilgan jinoyat ishlar bo‘yicha Sardoba tuman sudi tomonidan JKning 273-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan hamda JKning 57, 60, 61-moddalari bilan jazo tayinlanib Sardoba tumani IIO Probatsiya guruhida axloq tuzatish ishlari jasoni o‘tayotgan Q.G‘ni O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan, o‘talmay qolgan jazolarini muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish to‘g‘risida kiritilgan taqdimnomalar sayyor sud majlisida ko‘rib chiqildi va sud tomonidan ko‘rib chiqilgan materiallar qanoatlantirildi.
Shuningdek, sayyor sud majlisiga yig‘ilganlarga qonundagi o‘zgarishlar to‘g‘risida targ‘ibot ishlari olib borildi.
Sardoba tumani IIO Probatsiya guruhi