9 Avgust 2023 yil 792

Sardoba tumanining “Qo‘rg‘ontepa” mol bozorida o‘g‘irlik sodir etildi.

Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi B.R jinoiy sheriklari Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi M.M va Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi A.Alar bilan birgalikda, oldindan til biriktirib, Sardoba tumani, Qo‘rg‘ontepa MFY hududidagi “Qo‘rg‘ontepa” mol bozorida fuqaro U.Nning old yon cho‘ntagidan 4.000.000 so‘m miqdordagi pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlaganligi aniqlanib, fuqaro A.Adan 1.000.000 so‘m ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Sardoba tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan fuqarolar B.R, M.M va A.Alarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-m 3-q “a,” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech