14 Avgust 2023 yil
2057
Sardoba tumanida xonadonlarning birida o‘g‘irlik jinoyati sodir etildi.
Sardoba tumani, Yangiqishloq MFYda yashovchi fuqaro R.B Sardoba tumani, Yangiqishloq MFY, Shalola ko‘chasidagi fuqaro T.Hning yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, unga tegishli bo‘lgan jami narxi 4.150.000 so‘mlik bug‘doy mahsulotlarini o‘g‘irlaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sardoba tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan fuqaro R.Bga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-m 3-q “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “Qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati