6 Iyul 2022 yil 584

Sardoba tumanida tayinlangan jazodan boʻyin tovlagan shaxs ozodlikdan mahrum etildi.

Sardoba tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan 1996-yilda tugʻilgan Sardoba tumanida yashovchi, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “B” bandi bilan sudlanib, JIB Sardoba tuman sudi tomonidan 1 yil 6 oy muddatga Ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan nazorat ostidagi shaxs X.B olib borilgan tezkor tadbirlar davomida oʻziga tayinlangan jazodan boʻyin tovlab, sud tomonidan qoʻyilgan taqiq va cheklovlarni buzib, 2022-yil 15-may kuni hamda 2022-yil 20-may kuni yashash xonadonida yoʻqligi aniqlanib, unga nisbatan Sardoba tumani IIB JXX Probatsiya boʻlinmasi tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, 2022-yil 01-iyun kuni JIB Sardoba tumani sudiga taqdimnoma kiritildi va sud tomonidan taqdimnoma qanoatlantirilib, nazoratdagi shaxs X.B 1 yil 3 oy 18 kunga ozodlikdan mahrum etilib, jazoni ijro etish muassasasiga qaytarildi.

Sirdaryo viloyati IIB JXX Probatsiya boʻlimi

Text to speech