Sardoba tumanida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarovning fuqarolar murojaatlariga bag‘ishlangan navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Belgilangan rejaga asosan Sirdaryo viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari polkovnik Sanjar Djabarovning Sardoba tumani «Fayzliobod» mahallasida aholi murojaatlariga bag‘ishlangan navbatdagi «Sayyor qabuli» bo‘lib o‘tdi. Qabul davomida fuqarolarning turmushida uchrayotgan to‘siqlar, muammolar hamda ularni yechimi bo‘yicha takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda aholi vakillaridan asosan sog‘lig‘ini tiklashda dori-darmonlar olib berish, bepul davolanishi uchun order olib, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish,oliy taʼlim shartnoma pullarini to‘lab berish, oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit olish, bir martalik moddiy yordam kabi masalalarda murojaatlar kelib tushdi.
Qabulda 60 nafardan ortiq fuqarolar qatnashib, shundan 20 nafar fuqarolar tomonidan 25 ta masalada murojaatlar ro‘yxatga olindi. Ushbu murojaatlarning 9 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi, 6 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 10 ta murojaatlar o‘rganish uchun vaqt talab qilganligi sababli sektor rahbari tomonidan qisqa muddatli nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlarga ijrosini taʼminlash yuzasidan topshiriqlar berildi.
Sayyor qabul davomida Fayzliobod mahallasida yashovchi fuqaro Urol Xidirov va Moxitabon Usmonovalarning murojaatlari tegishli masʼul tashkilotlar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganilib, shu kunning o‘zida murojaatlari ijobiy hal etildi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining hududlarda o‘rganishlari hamda aholi bilan manzilli sayyor qabullari davom etmoqda.