25 Iyun 2024 yil 1569

Sardoba tumanida respublika ishchi guruhi bilan hamkorlikda Mahalla yettiligi faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha seminar-trening tashkil etildi

Prezident Administratsiyasi huzuridagi respublika ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda oʻrganish ishlari davom etmoqda. Ishchi guruh tarkibida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining tajribali professor-oʻqituvchilari ishtirok etmoqda.

Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida Prezident Administratsiyasi ishchi guruh vakili IIV Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi, podpolkovnik Olimjon Subanov ishtirokida Mahalla yettiligi faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda tuman hokimi, tegishli masʼullar, 15 ta mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari, yoshlar yetakchilari, mahalla soliqchilari, ijtimoiy xizmat xodimlari ishtirok etdi.

Unda maʼruzachilar Mahalla yettiligi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlar bandligini taʼminlash, ularni qoʻllab-quvvatlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, xotin-qizlar faollarining vazifalari, hududdagi xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini oʻrganish hamda hal etilishiga koʻmaklashish, profilaktika inspektorlarining mahallalarda olib boradigan asosiy ishlari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, soliq xodimlariga mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda oʻzini oʻzi band qilganlarga kichik biznes toifasiga oʻtishga koʻmaklashish, ijtimoiy xodimlarga yolgʻiz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish kabi amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan zaruriy tavsiya va tushunchalar berildi.

Shuningdek, ishchi guruhi masʼul xodimi O.Subanov va mahalla yettiligi bilan birgalikda 3-sektor hududidagi Paxtakor MFY va Birlashgan MFYdagi korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorlar bilan suhbatlashib, ularning taklif va tavsiyalari oʻrganildi.

Mahallalardagi xonadonlarda boʻlib, ularning yashash sharoitlari bilan tanishdilar. Fuqarolarni bugungi kunda qiynab kelayotgan masalalar va muammolar toʻgʻrisida suhbatlashildi. Gaz ballon olish uchun plastik karta soʻraganlarning murojaati ijobiy hal qilindi.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati

Text to speech