25 Iyul 2022 yil 613

Sardoba tumanida Maʼmuriy nazorat qoidasini buzish bilan bog‘liq holat aniqlandi.  

Sardoba tumani IIB JXX HPB xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida 1969 yilda tug‘ilgan Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanida yashovchi, muqaddam bir necha marotaba sudlangan Q.Aga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Sardoba tumani sudi tomonidan 2022 yil 18 yanvar kuni 6 (olti) oy muddatga maʼmuriy nazorat o‘rnatilgan bo‘lsada, maʼmuriy nazorat qoidalariga rioya qilinayotganligini tekshirish maqsadida yashash xonadoniga borilganida, u alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligi gumon qilinib, Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasida xizmat olib borayotgan Narkolog shifokorning “alkotestir” apparatida ko‘rikdan o‘tkazilganida haqiqatdan ham spirtli ichimlikni isteʼmol qilganligi aniqlanib, unga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirildi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech