11 May 2023 yil 404

Sardoba tumanida kissavurlar qo‘lga olindi.

Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani ichki ishlar bo‘limiga 1995 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan fuqaro B.S ariza bilan murojaat qilib, murojaatida, Sardoba tumani, Qo‘rg‘ontepa MFY hududida joylashgan “Qo‘rg‘ontepa dehqon bozori”ning chorva mollari sotiladigan maydonida nomaʼlum shaxslar egnidagi shimining cho‘ntagidan 3.800.000 so‘m miqdoridagi pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi va Sardoba tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 1984 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, hozirda Jizzax viloyati, Jizzax shahar, Navro‘z MFYda yashovchi Sh.X, 1991 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, hozirda Jizzax viloyati, Jizzax shahar, Ittifoq MFYda yashovchi A.F hamda 1984 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, hozirda Jizzax viloyati, Jizzax shahar, Hamzaobod MFYda yashovchi R.G‘lar sodir etganliklari aniqlanib, fuqaro Sh.Xdan xolislar ishtirokida fuqaro B.Sga tegishli bo‘lgan 3.800.000 so‘m miqdordagi pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Sardoba tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan fuqarolar Sh.X, A.F hamda R.G‘larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK 169-moddasi 2-qismi “a” va “B” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech