Sardoba tumanida g‘alla o‘g‘rilari qo‘lga olindi.
“G‘alla-2023” yig‘im-terimiga jalb qilingan, “AZIYA PENA STROY” MJCHga qarashli, oq rangli, “HOWO” rusumli, yuk avtomashinasi haydovchisi 1996 yilda tug‘ilgan Sirdaryo tumani, Baxt shahar, Turkiston MFYda yashovchi fuqaro A.J, “Indorama AGRO” MCHJning qo‘riqlash xizmati ishchisi M.A bilan oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lib korxonaga tegishli bo‘lgan jami qiymati 17.358.000 so‘mlik 5.260 kg g‘alla mahsulotini yashirin tarzda o‘g‘irlayotgan vaqtida MCHJning masʼul ishchilari tomonidan aniqlanib, jami 5.260 kg g‘alla mahsuloti ashyoviy dalil tariqasida olinib, “Indorama AGRO” MCHJning masʼullariga tilxat asosida topshirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Sardoba tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan fuqaro A.J va M.Alarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-m 2-q “V” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati