26 Dekabr 2021 yil 366

Sardoba tumanida ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam berilmoqda

Davlatimiz rahbarining 2021-yil 21-dekabr kunidagi “Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan viloyat 3-sektor rahbari polkovnik Shuhrat Husanovich Boʻronov boshchiligida Sardoba tumanida istiqomat qiluvchi 223 nafar “Temir daftar” roʻyxatida turuvchi va 657 nafar 18 yoshga toʻlmagan farzandlari bor boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi va nafaqasi oluvchi hamda 18 yoshga toʻlmagan nogironligi bor jami 880 nafar oilalarning holidan xabar olinib, ushbu oilalarga 800.000 soʻmdan bir martalik moddiy yordam pullari tarqatildi

Bundan tashqari sektor rahbari va tuman hokimligi tomonidan yangi yil bayrami arafasida bayram sovgʻalari topshirildi.

 

Text to speech