7 Fevral 2025 yil 2161

Sardoba tumanida aholi muammolari o‘rganildi.

Xalqmiz turmush farovonligini oshirish, fuqarolarimizning o‘z hayotidan rozi bo‘lib, ertangi kunga qatʼiy ishonch bilan munosib hayot kechirishini taʼminlashda xar bitta rahbarning eng ustuvor vazifasidir.

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev masʼul etib biriktirilgan Sardoba tumani Ravot mahallasida bo‘lib, “mahallabay” ishlash tizimi, mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholi muammolari bilan ishlash holati bilan tanishdi. Har bir mahalladagi aholi kayfiyatiga taʼsir qiluvchi muammolarni joyga chiqqan holda, odamlar bilan muloqot qilish orqali aniqlash, ularni bartaraf etish uchun tegishli tartibda masʼullarga yo‘naltirish, shuningdek, aholining kundalik murojaatlari bilan ishlashga ustuvor ahamiyat qaratish borasida qator vazifalar belgilandi.

Belgilangan vazifalarga ko‘ra boshqarma Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshlig‘i o‘rinbosarlari tomonidan mazkur mahallada ishsiz bo‘lgan oilalar o‘rganilib, ularni bandligini taʼminlash, oilaviy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tumandagi "Oqsaroy tekstil" tikuvchilik qo‘shma korxonasiga olib borilib, mazkur korxona rahbari bilan tikuvchilik yo‘nalishida bo‘sh ish o‘rinlari hamda yaratilgan sharoitlar bo‘yicha ochiq muloqot tartibida seminar trening o‘tkazildi.

Text to speech