30 May 2022 yil 268

Sardoba tumani 16 yoshga toʻlgan oʻquvchilarga ID-karta olishlari boʻyicha ichki ishlar organlari masʼul xodimlari tomonidan targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Targʻibotlar davomida oʻquvchilarga ID-kartalarni olish va almashtirish maqsadida oʻz ixtiyoriga koʻra xohlagan ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlariga murojaat qilishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi batafsil maʼlumotlar berildi.

Jumladan joriy yilning shu kuniga qadar Sardoba tumani hududida yangi namunadagi ID-kartalarni berish ishlar jadal olib borilmoqda, oʻtgan davr mobaynida 501 nafardan ortiq fuqarolarga yangi namunadagi ID-kartalar berildi.

Shundan 235 nafari 16 yoshga toʻlishi munosabati bilan, 144 nafar fuqarolar familiyasini oʻzgartirish boʻyicha qilgan murojaatiga koʻra topshirilgan boʻlsa, 122 nafar turli sabablarga koʻra fuqarolik pasportini yoʻqotgan fuqarolarga ID-kartalar rasmiylashtirib berildi.

Text to speech