29 Mart 2022 yil 262

Sardoba tumani 16 yoshga toʻlgan 4600 nafar oʻquvchilarga ID-kartalar rasmiylashtirib berildi.

Sardoba tumani Quyi tosh mahallasi hududida joylashgan umumtaʼlim maktablari oʻquvchilariga ID-kartalarni olish va almashtirish oʻz ixtiyoriga koʻra xohlagan ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlariga murojaat qilishi uchun imkoniyatlar yaratilganligi, shuningdek Oʻzbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni esa identifikatsiya ID-kartalarini olish uchun doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzildagi ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga murojaat qilishlari tushuntirildi.
Maʼlumot oʻrnida joriy yil davomida Sardoba tumani IIB M va FRB xodimlari tomonidan 16 yoshga toʻlgan 4600 nafar oʻquvchilarga ID-kartalar rasmiylashtirilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning 24 nafariga identifikatsiya ID-kartalar rasmiylashtirib berildi.
Hozirda tuman ichki ishlar boʻlimi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi tomonidan fuqarolarga ID-kartalarni rasmiylashtirib berish ishlari jadal olib borilmoqda.

Text to speech