23 Dekabr 2021 yil 364

Sardoba tumanda “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi” oʻtkazildi

Sardoba tuman IIB Probatsiya guruhi nazorat ostida turgan shaxslar, tuman IIB hisobida turuvchi muqaddam sudlanganlarni bandligini taʼminlash maqsadida “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi” oʻtkazildi. Ushbu tashkil etilgan mehnat yarmarkasida, Sardoba tuman IIB Probatsiya guruhida nazorat ostidagi shaxslarni ish bilan taʼminlash maqsad qilib qoʻyilgan. “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi”da boshqa tegishli tashkilotlardan 75 dan ortiq boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi. Tadbirda 27 nafar Sardoba tuman Probatsiya guruhida nazoratda ostidagi shaxslar ishtirok etdi. Ushbu mehnat yarmarkasida Sardoba tuman Probatsiya guruhida nazoratda ostidagi 7 nafar shaxslarni shu yerni oʻzida yoʻllanma berilib ish bilan taʼminlandi

Text to speech