31 May 2022 yil 240

Sardoba tuman hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻrtasida profilaktik targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Hozirgi kunda Respublikamiz boʻylab dunyodagi rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda yangi turdagi indentifikatsion ID-kartalarini berish tartibi yoʻlga qoʻyildi. Bu esa oʻz navbatida barcha fuqarolarga yanada qulaylik tugʻdirmoqda.

Sardoba tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi xodimlari hamda profilaktika inspektorlari tomonidan tuman hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash xonadonlariga tashrif buyurilib targʻibot uchrashuvlari tashkil etilmoqda. Bundan asosiy koʻzlangan maqsad esa ortiqcha sarsongarchilikni oldini olish, yaratilgan qulay sharoitlar haqida tushunchalar berish yaʼni endilikda zamonaviy turdagi ID-kartalarini olish uchun fuqarolar doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzildagi ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga murojaat qilishlari toʻgʻrisida tushunchalar berilmoqda.

Bu kabi profilaktik tadbirlar tuman miqyosi boʻylab amalga oshirilib kelinmoqda.

Text to speech