23 Avgust 2022 yil 304

“Sanʼat – maʼnaviyat poydevori”.

Ichki ishlar organlari xodimlarini milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish, qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish, har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, vatanparvar, milliy qadriyatlarga sodiq barkamol shaxs sifatida tarbiyalash ishlarini yana-da kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi bayramini munosib kutib olish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishi asosida Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!” shiori ostida 2022 yil 1 avgust kunidan 1 sentyabr kuniga qadar “VATANPARVARLIK OYLIGI”ni o‘tkazish belgilangan. Ushbu farmoyish talablari ijrosini taʼminlash maqsadida Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani Ichki ishlar bo'limi xodimlari Sanʼatda havaskor isteʼdodlar guruhlari tomonidan "Uchinchi renessans poydevori yosh vatanparvarlar" sahna chiqishlaridan bahramand bo‘lishdi. Xodimlar "Vatanparvarlik oyligi" doirasida bu kabi ko'ngilochar tadbirlar o'tkazilayotganidan behad mamnun bo‘lishdi.

Mirzaobod tumani IIB

Text to speech