15 Oktyabr 2021 yil 435

Salohiyatli rahbar, tizimning ustunidir

Har bir kasbda yetakchi va yoʻlboshchi rahbarning alohida zehniga, bilimiga, qobiliyatiga, yuksak salohiyati va mahoratiga eʼtibor qaratiladi. Ichki ishlar organlarida ham rahbar kadrlarga qoʻyilgan oʻziga xos talablar mavjud. Har bir rahbar oʻzining xodimlariga nisbatan talabchan boʻlishi, ularga yuksak kasbiy mahorat, qonuniylik talablari hamda qasamyodga rioya etish borasida doimiy ravishda namuna koʻrsatishi, xodimlarda xizmat burchi hissini kuchaytirish va qoʻllab-quvvatlashi, tashabbus, intilish va xizmatlarini ragʻbatlantirishi, shuningdek xizmat intizomi buzilgan holatlarda keskin chora koʻrolishi bilan birgalikda xodimlarga gʻamxoʻr, mehribon va ularning taqdiri uchun jonkuyar boʻlishi lozim.

Guliston shahar IIB boshligʻining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari podpolkovnik Hasan Hazratov ana shunday rahbarlar sirasiga kiruvchi inson. U oʻzining xodimlar bilan amalga oshirilishi lozim boʻlgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlari, madaniy tadbirlari, tarbiyaviy-psixologik targʻibot ishlarini olib borib, ularni xizmat faoliyati jarayonlarini hamda oilasini doimiy ravishda oʻrganib, xodimlarda yuzaga kelgan muammolarga befarq boʻlmay tashabbus koʻrsatib ijtimoiy-maʼnaviy hamda moddiy qoʻllab-quvvatlab, ularni ragʻbatlantirib kelayotganligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor A.Ikramovning eʼtiborini tortib, podpolkovnik X.Xazratovdek rahbar xodimlar ichki ishlar organlarining ustuni ekanligini alohida taʼkidlab, yuksak eʼtirof etdi.

Har bir ota-ona oʻzining farzandining erishgan yutuqlarini koʻrganga, dunyoda ulardan baxtiyor insonlar boʻlmasa kerak. Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik I.Axmedov podpolkovnik X.Xazratovning xonadonida boʻlib, oila aʼzolari, mahalla faollari, qoʻni-qoʻshnilari, jamoatchilik vakillari va shogirdlari oldida Oʻzbekiston Respublikasi ichki Ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor A.Ikramovning tashakkurnomasi va esdalik sovgʻasini tantanali ravishda topshirdi.

Podpolkovnik I.Axmedov podpolkovnik X.Xazratovni Oʻzbekiston Respublikasi va xalqi uchun sadoqat bilan xizmat qilayotgan, har jabhada namuna boʻlayotgan rahbar, ustoz, oila boshi, farzandining mehribon otasi, sevikli turmush oʻrtogʻining suyanchi boʻlib yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashi uchun mard va jasur inson qilib tarbiyalagan onasi Yulduz aya Hazratovaga Ichki ishlar vazirligi va Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirdi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech