29 Iyun 2022 yil 314

Sayxunobod tumanida “Intizom” oyligi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 7 iyun kunidagi 135-sonli Farmoyishi hamda Sirdaryo viloyati Ichki  ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2022 yil 10 iyun kunidagi “Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash hamda “Temir intizom va halollik–muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida “Intizom oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 67-sonli Farmoyishini ijrosini taʼminlash maqsadida Sayxunobod tumani IIB shaxsiy tarkibi orasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan kunlik ertalabki yo‘riqnomalarda xizmat va ijrochilik  intizomiga doimiy rioya etishlari tushuntirilib, xodimlar bilan yakka tartibdagi suhbatlar hamda shaxsiy tarkibning oila aʼzolari bilan  tarbiyaviy-profilaktik uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Shu bilan bir qatorda, xodimlarning boshqaruvida bo‘lgan xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarini belgilangan hujjatlar asosida hamda yo‘l harakat qoidalariga rioya qilgan holda boshqarishlari yuzasidan reyd tadbirlari o‘tkazilib borilmoqda.

Text to speech