27 Dekabr 2023 yil 4170

“SAYYOR-AKADEMIYA” DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev  tomonidan 2023 yil 7 oktyabr kuni tasdiqlangan “Sayyor-Akademiya” o‘quv-dasturiga asosan, Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Sayyor-Akademiya” o‘quv dasturi asosida ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatiga doir bilim hamda ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha onlayn o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida, zamonaviy interfaol usullarda o‘quv vositalaridan foydalanilgan holda profilaktika (katta) inspektorlarining xizmat faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, mashg‘ulotlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 mart kunidagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6196-son hamda 2021 yil 29 noyabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmonlarida belgilangan vazifalarga ham alohida eʼtibor qaratilib, ushbu farmonlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha profilaktika (katta) inspektorlariga atroflicha tushunchalar berildi.

“Sayyor-Akademiya” o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Text to speech