14 Mart 2022 yil 451

Rasmiy munosabat

Ushbu videodagi “ko‘cha bollari” Boyovutni norasmiy egalarimi?” sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan

Videotasvirdagi holat joriy yilning 19 fevral kuni sodir bo‘lgan. Fuqaro N.Sh. shu kuni o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Neksiya-3 avtomashinasida Boyovut tumani hududida harakatlanib ketayotgan vaqtda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan “VAZ-2106” rusumli avtomashina haydovchisi M.O‘. avtomashinasida yo‘l bermasdan harakatlanganligi sababli, N.Sh. fuqaro M.O‘. ga og‘zaki ravishda “tanbeh” berib o‘tib ketganligi uchun, fuqaro M.O‘. uni to‘xtatib, hech bir sababsiz fuqaro N.Sh.ni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, yoqasidan tortib transport vositasidan tushirib olib, bosh qismiga (sudga oid tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko‘ra “Sog‘lig‘ining qisqa muddatli buzilishiga sabab bo‘lmagan yengil tan jarohati”) urgan va o‘zining boshqaruvidagi avtomashinada harakatlanib ketgan.

Shundan so‘ng, 2022 yil 20 fevral kuni fuqaro N.Sh.ning qarindoshlari, Х.R, A.S, Q.B, N.M va N.I.lar mazkur holatdan xabar topib, fuqaro M.O‘.ning ish joyiga, yaʼni tumanning “Bekat” MFY hududida joylashgan avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shaxobchasiga “Malibu” va “Lasetti” rusumli avtomashinalarda kelishib, M.O‘.ni badanini turli joylariga va yuz qismiga urib, (sudga oid tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko‘ra “Sog‘lig‘ining qisqa muddatli buzilishiga sabab bo‘lmagan yengil tan jarohati”), Х.R.ning boshqaruvida bo‘lgan “Malibu” rusumli avtomashinaning salon qismining orqa o‘rindig‘iga majburlab o‘tkazib, N.Sh.ning yashash uyiga olib borib, M.O‘.ni N.Sh.dan kechirim so‘rashga majburlab, undan kechirim so‘ratib, yana ish joyiga qaytarib olib kelib ko‘yishgan.

Mazkur holat 2022 yil 20 fevral viloyat IIB navbatchilik qismida ro‘yxatga olinib, Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlariga kirishilgan va to‘plangan hujjatlar (holatga aloqador daliliy ashyolar sud tibbiy ekspertiza xulosalari guvohlarning ko‘rsatmalari) asosida joriy yilning 10 mart kuni Boyovut tumani IIB tomonidan Х.R, A.S, Q.B, N.M va N.I.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “B” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumon qilinuvchilar barchasi Х.R, A.S, Q.B, N.M va N.I.lar O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlanib, avtotransport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Undan tashqari, 2022 yil 12 mart kuni Boyovut tumani IIBga jabrlanuvchi O‘.M. o‘zining yaqinlari bilan birga kelib notanish shaxslar uni avtomashinaga majburlab mindirib olib ketganligi holati bo‘yicha videotasvirlarni internet tarmog‘iga chiqarib yuborgan shaxslarni aniqlab, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab murojaat qilgan.

Telegramm kanallarida ushbu jinoyat ishi bo‘yicha jinoyat quroli bo‘lgan avtomashina Boyovut tumani IIBga olib kelinganligi, lekin qonuniy qaror qabul qilinmasdan turib egasiga qaytarib yuborilganligi holati hamda ushbu kanallar ustidan jabrlanuvchining otasi va ikki nafar o‘g‘illarini majburlab ariza yozdirib olishganligi, avtomashinalarni Boyovut tumani IIBga olib kelgan va chiqarib yuborgan IIB xodimlari chetda qolib ketayotganligi haqida post joylashtirilgan.

Holat bo‘yicha IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Sirdaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi hamda viloyat IIBning masʼul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech