Yo‘l transport hodisasi yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Baxtdan Sirdaryo tomonga o‘tganda yuk mashinalar ishtirokida avariya bo‘libdi.” sarlavhasi ostida video xabarlar tarqalmoqda. Ushbu holat joriy yilning 04 may kuni soat 18:05 da Sirdaryo tumani IIBga tushgan xabariga ko‘ra Sirdaryo tumani Islomobod MFY xududidan o‘tuvchi M-34 yo‘lining 87 kilometrida fuqaro Z.A boshqaruvida bo‘lgan MAN rusumli yuk mashinasi Termiz-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtda, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, fuqaro R.U boshqaruvidagi FAW rusumli yuk mashinasini orqasidan urilib, yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ushbu yol transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q avtomashinalarga moddiy zarar yetgan. MAN rusumli yuk mashinasi yukxonasida "Perekis vodorod" suyuqligi bo‘lganligi va yukxonaga shikast yetkazilganligi natijasida Perekis vodorod suyuqligidan maʼlum miqdorda to‘kilganligi aniqlangan. Holat zudlik bilan viloyat IIB JXX YHXB masʼul rahbarlari tomonidan nazoratga olinib yo‘llardagi tirbandliklar bartaraf etilgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati