30 Aprel 2022 yil 362

QUROL to‘g‘risidagi qonun talablari asosida o‘quv seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 28 aprel kuni Guliston shahar IIB JTSB Nazorat-litsenziya faoliyati guruhi xodimlari va Sirdaryo viloyati ovchilik va baliqchilik sport birlashmasi masʼul xodimlari tomonidan Guliston shahar hududida doimiy yashovchi o‘q-otar quroli va pnevmatik ov quroliga ega bo‘lgan fuqaro (ovchi)larga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 810-sonli qarori talablari hamda QUROL to‘g‘risidagi qonun talablari yuzasidan qo‘shimcha ravishda o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarda 2022 yil 4 oy mobaynida Respublika hududida o‘q-otar qurollar B.N bog‘lik bo‘lgan noxush holatlar, xavfsizlik choralari yuzasidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida o‘q-otar qurollar B.N bog‘lik holatlar sodir etilishini oldini olish maqsadida tushuntirish profilaktik ishlar amalga oshirildi. Yig‘ilishda ov quroliga ega bo‘lgan fuqarolar B.N pnevmatik sport va pnevmatik ov qurollarini hududiy ichki ishlar organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish, ulardan maqsadli foydalanish, ov qilish qoidalariga qatʼiy amal qilishlari, brakonyerlik holatlariga chek qo‘yish, ov qurolini saqlash va olib yurish ruxsatnomasi hamda ovchilik biletlarini o‘z vaqtida hududiy IIB va ovchilik jamiyatlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalariga to‘liq rioya etishlari, o‘q-otar qurollarni saqlash qoidalariga qatʼiy amal qilishlari yuzasidan topshiriqlar berildi. Fuqarolar tomonidan noqonuniy portlovchi moddalar, o‘q-otar qurollari, o‘q-dorilar ixtiyoriy ravishda hududiy Ichki ishlar organlariga topshirilgan taqdirda ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 248-moddasi 4-bandiga asosan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi bo‘yicha tushuntirish, profilaktik targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazildi.

Text to speech