15 Yanvar 2022 yil 657

Qurol muomalasi sohasida tadbir o‘tkazildi 

Mirzaobod tuman IIB HPB profilaktika inspektori katta leytenant Sh.A.Egamberdiyev taqdim etgan maʼlumotga asosan, 2022 yil 11 yanvar kuni Mirzaobod tumani IIBga ariza bilan Mirzaobod tumani, Do‘ngariq mahallasi, Paxtaobod ko‘chasida yashovchi Sh.R murojaat qilib, arizasida 2022 yil 11yanvar kuni yashash uyi va qo‘shimcha xo‘jalik binosini tozalab tartibga keltirayotgan vaqtida, qo‘shimcha xo‘jalik binosida eski sandiq ichida matoga o‘ralagan holda hech qanday hujjatlarsiz ov patronlari topib olganligi,ushbu ov patronlari 2007 yil 14 oktyabr kuni vafot etgan otasi Sh.Udan qolgan 6 (olti) dona ov patronlarini topib olganligini maʼlum qilib, ushbu ov patronlari hech qanday hujjati yo‘q bo‘lgani sabab ov patronlarini o‘z ixtiyori bilan topshirish uchun tuman IIBga xabar berganligi, EKBning xulosasiga ko‘ra, fuqaro Sh.Rdan olingan 2 (ikki) dona qo‘l bola usulda to‘ldirilgan patronlar 16 kalibrli ov miltiqlaridan otish uchun mo‘ljallangan 16 kalibrli ov patroni hisoblanib taqdim etilgan holatda o‘q dorilar turiga kiradi va otish uchun yaroqli ekanligi ko‘rsatilgan. Marhum Sh.Uning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi JKning 248-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lsada, uning vafot etganligi sababli to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi  JPKning 84-moddasi 1-qismi 3-bandiga asosan, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish qarori qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz: O‘z uyida noqonuniy ravishda ov qurolini saqlab kelayotgan fuqarolar ixtiyoriy tarzda Ichki ishlar bo‘limlariga keltirib topshirsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishlari qonunda belgilab qo‘yilgan.

 Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech