22 Iyun 2022 yil 335

Qullikka rozi bo‘lmang!

Sayyoramizda bir qator global muammolar borki, bular sirasiga bevosita odam savdosi hamda majburiy mehnat singari transmilliy jinoyatlarni ham kiritish mumkin. Yildan yilga bu illatdan jabr chekayotganlar, uning qurboni bo‘layotganlar soni ortib bormoqda. Hudud va chegara bilmaydigan bu jinoyatning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Odam savdosidek og‘ir jinoyat inson hayoti, erkinligi va huquqlarini poymol qilib, uning erki, taqdiri va kelajagini oyoq osti qilish bilan naqadar jirkanchdir. Aytish joizki, bugungi kunga kelib odam savdosi va majburiy mehnatning avj olishiga, yaʼni insonni qandaydir buyum sifatida, taʼbir joiz bo‘lsa insonni oldi-sotdining obyekti sifatida foydalanishi, uning huquq va erkinliklarini poymol etilishiga sabab bo‘lmoqda. Odam savdosi va majburiy mehnatning qurboniga aylanayotgan shaxslarning soddaligi, o‘zining, yaqinlarining taqdiriga va kelajagiga befarqligi, loqaydligida. Yaʼni eng oliy neʼmat hisoblanmish erkin hayot tushunchasiga nisbatan yengil va beparvolik bilan qarashlari oqibatida ushbu odam savdosini amalga oshiruvchi jinoyatchilarning o‘ljasiga , aniqrog‘i ularning oson daromad manbayiga aylanib qolmoqdalar.

Mamlakatimizda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi “Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirishga  oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda ushbu farmonga ko‘ra, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi tarkibida hududiy komissiyalar ham tashkil qilingani, ularga viloyat (shahar, tuman) hokimlari raislik qilishlari belgilab berildi.

Shirin shahar IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti bilan hamkorlikda Respublikamizdan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida xorijga chiqadigan fuqarolarimiz uchun asosiy tushuncha va foydali maslahatlar yuzasidan “odam savdosi va majburiy mehnat” va “Ogoh bo‘ling terrorizm va ekstremizm” nomli tarqatma materiallari hamda eslatmalar vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy davlatlarga chiqib ketayotgan fuqarolarga tarqatilmoqda.

Shirin shahar IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi

Text to speech