10 Noyabr 2021 yil 395

Qora mol olib pullarini bermay yurgan firibgar qoʻlga olindi.

Boyovut tumani IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Boyovut tumani Sarmich mahallasida yashovchi, fuqaro J.T Jizzax viloyati Yangiobod tumanida istiqomat qiluvchi Yu.Ya dan 14 000 000 soʻmlik, Boyovut tumani fuqarolari B.Y dan 7 300 000 soʻmlik, K.Ndan 7 600 000 soʻmlik hamda N.G dan 10 300 000 soʻmlik novvoslarni olib kelishilgan pullarni bermasdan qochib yurganligi aniqlandi. Tuman JQB xodimlari tomonidan fuqaro J.T ning jinoiy faoliyatiga chek qoʻyish maqsadida tezkor tadbir oʻtkazilib, qoʻlga olinib, jazo muqarrarligi taʼminlandi.

Hozirda fuqaro J.T ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-modda 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech