24 Avgust 2021 yil 459

“Qora dori 2021” keng qamrovli profilaktik tezkor tadbir davomida fuqaro xonadonidan giyohvandlik moddasi topildi.

2021-yil 21-avgust Xovos tumani hududida “Qora dori 2021” keng qamrovli profilaktik tezkor tadbir davomida, 1981-yil Yangiyer shahrida tugʻilgan, Xovos tumani “Istiqlol” mahallasi “Istiqlol” koʻchasi 1-uyda yashovchi fuqaro B.Jning yashash xonadoni holislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon xovlisida tuvakka ekilgan 2 tup nasha giyohvandlik oʻsimligi hamda tuvak yonida oʻzi isteʼmol qilishi uchun saqlab kelayotgan ogʻirligi 3,3 gramm boʻlgan marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi

Text to speech