5 Iyul 2020 yil 1685

"Qizil chiroq" ning taqiqlovchi ishorasi haydovchini bir halokatdan qaytara olmadi.

2020 yil 4 iyul kuni soat Sh.Sh. boshqaruvidagi oq rangli, Neksiya-2 rusumli avtomashinasi bilan Toshkent-Termez yo‘nalishida harakatlanib kelayotib svetaforning taqiqlovchi “Qizil” ishorasi yonib turganiga qaramasdan harakatlanishda davom etib, chorrahani kesib o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishdan kelib chapga burilish manyovrini amalga oshirayotgan fuqaro S.B boshqaruvidagi oq rangli, Spark rusumli avtomashinasiga borib urilib YTX sodir etgan.

Natijada Spark rusumli avtomashina yo‘lovchisi S.S. “qo‘shma jarohat bosh miya jarohati, chap qo‘l yelka sohasini sinishi” tashxisi bilan Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Holat yuzasidan TIIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Haydovchilardan transport vositalarini boshqargan vaqtlarida Yo‘l harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishlarini, svetaforning va tartibga soluvchining ishoralariga bo‘ysunishlarini so‘rab qolamiz.

Text to speech