16 Mart 2023 yil 274

Qarovsiz qolgan avtomashina ichidan o‘g‘irlangan pullar fuqaroni sud kursisiga yetakladi.  

Fuqaro K.Sh Guliston shahar Navbahor MFY hududida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan fuqaro I.Sning Neksiya-1 rusumli, avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, avtomashina haydovchisi mijoz topish maqsadida avtomashinadan tashqariga chiqqanligi, avtomashinada hech kim yo‘qligidan foydalanib, avtomashina salonidan 260.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘g‘rilab, avtomashinadan tushib, qochib ketgan. Joriy yilning 13 yanvar kuni Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro K.Shga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-m 3-q “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “Qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech