13 May 2023 yil 524

Qaror ijrosi amalda

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 593-son Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar. 2023 yil 31 yanvar kunidagi Vazirlar Mahkamasining 35-son Qaroriga ilova.

Keyingi yillarda mamlakatimiz va qo‘shni xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro hamkorlik hamda do‘stona munosabatlar yaxshi maʼnoda mustahkamlanib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 sentyabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 593-sonli Qaroriga kiritilayotgan o‘zgarishlar shular jumlasidandir. Yaʼni Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 30 yanvardagi 35-sonli Qaroriga ilovasini mazmun mohiyati Sirdaryo viloyatida joylashgan joylashtirish vositalari va daʼvolash muassasalarining maʼmuriyati, xususiy uy-joy egalari hududiy ichki ishlar organlariga “E-mehmon” dasturi orqali xabar bergan holda  joylashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tegishli ravishda milliy pasport yoki harakatlanish hujjati bilan vaqtincha ro‘yxat asosida yashaydilar. Vaqtincha ro‘yxatga olish chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelganlaridan keyin uch ish kuni davomida  ularni taklif qilgan qabul qilayotgan va ularga turar joy bergan jismoniy shaxslar, xususiy uy-joy egalari, tashkilotlarning yotoqxonalari maʼmuriyati, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalari tomonidan “E-mehmon” dasturi orqali yoki hududiy M va FRBga murojaat qilgan holda amalga oshiriladi.

Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan viloyat aholisiga belgilangan tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Text to speech