15 Noyabr 2021 yil 313

Profilaktika xizmati xodimlari va ularning oila a’zolari bilan Toshkent shahriga sayohat tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik B.T.Abdullaev raisligida, 2021 yil 9 oyda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 85-sonli bayonining 5.2-bandida belgilangan topshiriq ijrosi yuzasidan, Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida ijobiy natijalarga erishib kelayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari bilan 2021 yil 14 noyabr kuni Toshkent shahriga sayohat tashkil etildi.

Sayohat Sirdaryo viloyati IIB YHXB xodimlari kuzatuvi ostida 14 nafar xodimlarning 33 nafar oila a’zolari (jami 46 nafar) bilan, Toshkent shahrida joylashgan “Amir-Temur” muzeyi, “Hayvonot bog‘i”, “Tashkent siti” hamda “Magik siti” hiyobonlariga tashriflar uyushtirilib, xodimlar va ularning oila a’zolari ma’naviy va ma’daniy dam olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan holda tashkil etildi. Sayohatdan so‘ng xodimlar oila a’zolarini o‘z yashash xonadonlariga xavfsiz yetib borishlari ta’minlandi.

Sirdaryo viloyati IIB HPB  

Text to speech