19 Oktyabr 2022 yil 392

Profilaktika xizmati tomonidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida, jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari U.Mavlonov huzurida tanqidiy muhokama qilindi.

Yig‘ilishda, jinoyat oshib ketgan 76 ta “Qizil” toifaga kiritilgan mahalla profilaktika inspektorlarining hisobotlari tinglandi.

Biriktirilgan mahallasida jinoyat sodir etishga yo‘l qo‘ymagan, xizmat vazifasini yetarli darajada bajargan, jinoyatchilikni jilovlash borasida samarali natijalarga erishgan Yangiyer shahar profilaktika inspektori O.Salimov hamda Guliston tumani profilaktika inspektori Sh.Asadovlarga Boshqarma boshlig‘ining “Tashakkurnomasi” hamda moddiy mablag‘ bilan rag‘batlantirildi.

Kelgusida jinoyatchilikni oldini olish, xalq manfaatlari uchun xizmat qilish borasida chora-tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech