15 Oktyabr 2022 yil 369

Profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyati doimiy nazoratda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.Ikramov huzurida 2022 yil 3 oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektorida berilgan topshirig‘iga asosan joriy yilning 4 oktabr kunidan 14 oktabr kuniga qadar hududiy ichki ishlar organlari boshliqlarining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari tomonidan profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyati o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida profilaktika inspektorlarining xizmat xonalari tekshirib chiqildi. Bunda profilaktika inspektorlari tomonidan yurituvida bo‘lgan hujjatlarning yuritilishi va saqlanishi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilayotganligiga alohida e’tibor qaratilib nazoratga olindi.

Shuningdek, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari tomonidan profilaktika inspektorlarining xizmat uylariga borilib, ularning yashash sharoiti va oilaviy ahvoli o‘rganib chiqildi.

Bu boradagi ishlar kelgusida ham davom ettirilib, doimiy ravishda xodimlarning xizmat faoliyati nazorat qilib boriladi.

Sirdaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati.

Text to speech